FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-08-24 15:20:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev navbatdagi shaxsiy qabul davomida fuqarolarni tingladi.
Qabulda yo‘l va qurilish, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning har biri bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijroni ta’minlash va muammolarni amaliy hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Fuqarolar murojaatlarining yechimi belgilangan tartibda nazorat qilib boriladi.

