Murojaat ortida — inson taqdiri
2026-08-18 15:50:00 / Yangiliklar
Shahrisabz shahar hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Umar Abdusalimov fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘l va qurilish masalalaridan tortib, kommunal xizmatlar hamda hududlarni obodonlashtirishgacha bo‘lgan dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Har bir murojaat bo‘yicha masalaning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. Murojaatlarning yechimi va ijrosi belgilangan tartibda kuzatib boriladi.

