#Mustaqillik_35_yil Shahrisabz shahar hokimi institutdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
2026-08-17 11:00:00 / Yangiliklar
Mustaqilligimizning 35 yilligi bayrami arafasida Shahrisabz shahrida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institut hududida olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, shuningdek, qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan zamonaviy sport majmuasi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shahar hokimi obyektlarni sifatli va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, qurilish-montaj ishlarini belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.







