Prezident topshirig‘i amalda! Hokim o‘rinbosarlari fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2026-06-25 10:55:00 / Yangiliklar

Prezident topshirig‘i amalda!
Hokim o‘rinbosarlari fuqarolar qabulini o‘tkazdi
Prezidentimiz topshirig‘iga asosan har bir hudud rahbari tomonidan muntazam ravishda shaxsiy qabullar o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda Shahrisabz shahar hokimi o‘rinbosarlari tomonidan hududiy Xalq qabulxonalarida fuqarolar qabullari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.
Navbatdagi qabulda Shahrisabz shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Akamurod Uzoqov hamda hokim o‘rinbosarlari Azamat Sultonov, Umar Abdusalimov, Muhayyo Almirzayeva va Jamshid Ahmadov ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.
Qabul davomida murojaatchilarning muammo va takliflari ro‘yxatga olinib, ularni amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish yuzasidan aniq muddatlar belgilandi. Shuningdek, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bunday qabullarning asosiy maqsadi hisoblanadi.



