Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida
Qarshi shahrini kompleks rivojlantirish, qurilish ishlarini rejalashtirish, mazkur ishlarning sifati va darajasini oshirish, shaharning me’moriy-rejalashtirish qiyofasini hamda infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda aholi punktlarini bosh rejalar bilan ta’minlash, loyiha tashkilotlari faoliyatini yaxshilash, shuningdek, shaharsozlik sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-fevraldagi PQ-3502-son qaroriga muvofiq shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiquvchi etib belgilangan “O‘zshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — bosh loyiha tashkiloti) tomonidan Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi ishlab chiqilganligi;
b) Qarshi shahri bosh rejasining loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilganligi;
v) ishlab chiqilgan Qarshi shahri bosh rejasining loyihasida 2042-yilgacha bo‘lgan davrda Qarshi shahrining Koson, Qarshi va Ko‘kdala tumanlari hududiga (7 767 gektar) kengayishi hisobga olinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Bosh loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishilgan Qarshi shahrining bosh rejasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq asosiy yechimlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan birgalikda tasdiqlansin.
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan qurilish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirishni hisobga olgan holda, Qarshi shahrining bosh reja loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) mazkur qarorga asosan tasdiqlangan Qarshi shahrining bosh rejasi loyihasiga muvofiq Qarshi shahri chegarasini o‘zgartirish yuzasidan iltimosnomani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
v) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlasin:
bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan ko‘chalarning qizil chiziqlari doirasidagi maydonlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarining bosh rejaga zid ravishda egallab olinishini cheklash;
bosh rejaga asosan yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat zonasi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ko‘kalamzorlashtirish va daraxt ekish uchun mo‘ljallagan rekreatsiya zonalarida boshqa maqsadlar uchun bosh rejaga zid ravishda obyektlarni joylashtirish hamda qurilish ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy nazorat o‘rnatilishini ta’minlash;
bino va inshootlarni joylashtirishda tarixiy zona va shaharning boshqa hududlarida joylashgan madaniy yodgorliklarning muhofaza zonalari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali suv ta’minoti, oqova suv, irrigatsiya, elektr energiyasi, gaz, issiqlik va telekommunikatsiyalar ta’minoti obyektlarini modernizatsiya qilish;
hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bog‘larni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish orqali shaharning me’moriy qiyofasini yaxshilash;
uy-joy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, san’at va dam olish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash hisobidan ijtimoiy va turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
ilmiy gidrogeologik tadqiqotlar asosida sizot suvlar sathini pasaytirish bo‘yicha shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
g) birinchi navbatda qurilish ishlari olib boriladigan hududlarning batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqsin hamda ularni bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tashkil etsin;
d) Qarshi shahrining bosh rejasi loyihasini kompleks amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha bosh loyiha tashkiloti bilan shartnoma imzolash, ishlarni bajarish va moliyalashtirish o‘z vaqtida tashkil etilishini ta’minlasin.
4. Belgilansinki, xorijiy investorlar, ijtimoiy soha muassasalari va mahalliy investorlar tomonidan kiritilgan takliflar (loyihalar) Qarshi shahrining bosh rejasiga ushbu obyektlarni kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqiladi va kelishiladi.
5. Bosh loyiha tashkilotiga Qarshi shahrining tasdiqlangan bosh rejasi loyihasining kompleks amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini to‘laqonli ta’minlash yuzasidan mas’uliyat yuklansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “2030-yil davrigacha Qarshi shahrining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 23-sentabrdagi 262-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov va Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 105-son qaroriga
1-ILOVA
Qarshi shahri bosh rejasining
ASOSIY YECHIMLARI
Qarshi shahrining bosh rejasida aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati, aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari, aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududlari nisbati, aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar va chegaralar hamda aholi punktining iqtisodiy, sanoat va hududiy salohiyati, aholining ko‘payish sur’atini nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilangan.
Shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda shaharning xalq xo‘jaligi, sanoat salohiyati, ishchi resurslari, tabiiy-ekologik muhitning rivojlanishi Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahrining shu sohalardagi rivojlanish yo‘nalishi bilan bog‘liq.
Qarshi shahrida 2030-yil (keyingi o‘rinlarda — birinchi navbat) va 2042-yil oxiriga qadar (keyingi o‘rinlarda — hisob davri) kuyidagilar rejalashtirilgan:
1. Aholi soni va hududi:
aholi soni o‘sishi — 283,15 ming kishidan, birinchi navbatda — 400,0 ming kishi va hisob davrida — 470,0 ming kishi;
shaharning hududi — 8 308,9 gektardan, birinchi navbatda — 11 026,8 gektar va hisob davrida — 16 073,6 gektarga o‘zgaradi.
2. Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
uy-joy fondi umumiy maydoni — 3 992,27 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 7 200,0 ming kv. metr, hisob davrida — 10 810,0 ming kv. metr;
uy-joy fondi bilan ta’minlanish darajasi, bir kishiga — 14,1 kv. metrdan, birinchi navbatda — 18,0 kv. metr, hisob davrida — 23,0 kv. metrga o‘zgaradi;
uy-joy fondi qisqarishi, birinchi navbatda — 89,75 ming kv. metr, hisob davrida — 100,37 kv. metrni tashkil qiladi.
Hisobiy muddatda uy-joy fondi qavatlar kesimida:
1 qavatli yakka tartibdagi uylar — 2 700,52 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 5 308,24 ming kv. metr va hisob davrida — 8 261,35 ming kv. metr;
2 qavatli kottej uylar — 211,7 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 501,8 ming kv. metr va hisob davrida — 698,93 ming kv. metr;
2-3 qavatli uylar — 165,11 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 169,62 ming kv. metr va hisob davrida — 137,14 ming kv. metr;
4-5 qavatli uylar — 840,51 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 890,72 ming kv. metr va hisob davrida — 1 102,22 ming kv. metr;
7 qavatli uylar — 56,04 ming kv. metrdan,birinchi navbatda — 159,76 ming kv. metrdan va hisob davrida — 221,69 ming kv. metr;
9 qavatli uylar birinchi navbatda — 43,34 ming kv. metr va hisob davrida — 95,0 ming kv. metr;
12 qavatli uylar — 2,86 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 37,09 ming kv. metrdan va hisob davrida — 92,16 ming kv. metr;
16 qavatli uylar — 11,9 ming kv. metrdan, birinchi navbatda — 47,85 ming kv. metrdan va hisob davrida — 86,61 ming kv. metr;
20 qavatli uylar, birinchi navbatda — 14,25 ming kv. metr va hisob davrida — 43,79 ming kv. metrga o‘zgaradi;
3. Ijtimoiy sohada:
aholining ijtimoiy soha obyektlariga bo‘lgan talabini amaldagi me’yorlarga moslashtirish maqsadida soha ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda o‘zgaradi:
maktabgacha ta’lim muassasalari, birinchi navbatda — 22 000 o‘rinni va hisob davrida — 29 140 o‘rinni;
umumta’lim maktablari, birinchi navbatda — 64 000 o‘rinni va hisob davrida — 74 260 o‘rinni;
shifoxonalar, birinchi navbatda — 9 924 o‘rin, hisob davrida — 11 661 o‘rin;
poliklinikalar bir smenada, birinchi navbatda — 18 400 ta tashrifni, hisob davrida — 21 760 ta tashrifni;
do‘konlar, birinchi navbatda savdo maydoni — 102 020 kv. metr, hisob davrida savdo maydoni — 146 120 kv. metrni;
umumiy ovqatlanish korxonalari, birinchi navbatda — 18 400 o‘rinni, hisob davrida — 24 650 o‘rinni;
klublar, madaniyat saroylari, birinchi navbatda — 14 800 o‘rinni, hisob davrida — 19 775 o‘rinni;
kinoteatrlar, birinchi navbatda — 8 000 o‘rinni, hisob davrida — 12 960 o‘rinni;
teatrlar, birinchi navbatda — 837 o‘rinni, hisob davrida — 3 325 o‘rinni;
mehmonxonalar, birinchi navbatda — 2 400 o‘rinni, hisob davrida — 2 800 o‘rinni;
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, birinchi navbatda — 2 800 ish o‘rinlarini, hisob davrida — 4 265 ish o‘rinlarini tashkil qiladi.
4. Jamoat transporti, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar hisob davrida:
shahar magistral ko‘chalarning uzunligi, birinchi navbatda — 155,35 km, hisob davrida — 291,33 km;
shahar ko‘cha tarmog‘ining zichligi, birinchi navbatda — 1,41 km/kv. metr, hisob davrida — 1,81 km/kv. metr;
yiliga tashiladigan yo‘lovchilar, birinchi navbatda — 160,0 million yo‘lovchi, hisob davrida — 235,0 million yo‘lovchini tashkil qiladi.
5. Muhandislik va texnik infratuzilma sohalari bo‘yicha hisob davrida:
Suv ta’minoti bo‘yicha:
ichimlik suvining umumiy ta’minoti, birinchi navbatda kuniga — 104,0 ming kub. metr, hisob davrida kuniga — 122,2 ming kub. metr;
kommunal-maishiy ehtiyojlar, birinchi navbatda kuniga — 80,0 ming kub. metr, hisob davrida — 94,0 ming kub. metr;
sanoat va ishlab chiqarish ehtiyojlari, birinchi navbatda kuniga — 12,0 ming kub. metr, hisob davrida — 14,1 ming kub. metr;
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar, birinchi navbatda kuniga — 12,0 ming kub. metr, hisob davrida — 14,1 ming kub. metrni tashkil qiladi.
Kanalizatsiya bo‘yicha:
Umumiy oqova suv hajmi, birinchi navbatda, kuniga — 49,67 ming kub. metr, hisob davrida — 74,17 ming kub. metr;
tozalash inshootlarining umumiy quvvati, birinchi navbatda, kuniga — 60,0 ming kub. metr, hisob davrida — 90,0 ming kub. metr;
uy-joy fondining kanalizatsiya tarmog‘i bilan ta’minlanishi, birinchi navbatda — 53,0 foiz, hisob davrida — 70 foizni tashkil qiladi;
Issiqlik ta’minoti bo‘yicha:
umumiy markazlashgan issiqlik ta’minoti quvvati, birinchi navbatda — 491,535 Gkal/soat, hisob davrida — 710,985 Gkal/soat;
uy-joy fondi, birinchi navbatda — 117,012 Gkal/soat, hisob davrida — 151,273 Gkal/soat;
kommunal-maishiy ehtiyojlar, birinchi navbatda — 374,515 Gkal/soat, hisob davrida — 374,515 Gkal/soatni tashkil qiladi.
Gaz ta’minoti bo‘yicha:
gazning umumiy iste’moli, birinchi navbatda, yiliga — 230 041,9 ming kub. metr, hisob davrida — 332 735,1 ming kub. metr;
isitish qozonxonalariga gaz ta’minoti, birinchi navbatda, yiliga — 137391,9 ming kub. metr, hisob davrida — 223 515,1 ming kub. metr;
uy-joy fondi gaz ta’minoti, birinchi navbatda, yiliga — 52 800,0 ming kub. metr, hisob davrida — 62 040,0 ming kub. metr;
kommunal-maishiy ehtiyojlar gaz ta’minoti, birinchi navbatda, yiliga — 18 650,0 ming kub. metr, hisob davrida — 22 430,0 ming kub. metr;
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari gaz ta’minoti, birinchi navbatda, yiliga — 21 200,0 ming kub. metr, hisob davrida — 24 750,0 ming kub. metrni tashkil qiladi.
Elektr ta’minoti bo‘yicha:
umumiy elektr energiyasi iste’moli, birinchi navbatda, yiliga — 965,6 million kVt.s, hisob davrida — 1 131,7 million kVt.s;
uy-joy, kommunal-maishiy ehtiyojlar, birinchi navbatda — 880,0 million kVt.s, hisob davrida — 1 034,0 million kVt.s;
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari, birinchi navbatda — 64,8 million kVt.s, hisob davrida — 75,6 million kVt.s;
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar, birinchi navbatda — 20,8 million kVt.s, hisob davrida — 22,1 million kVt.s.ni tashkil qiladi.
Sanitar tozalash bo‘yicha:
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmi, birinchi navbatda — 436,0 ming kub. metr, hisob davrida, yiliga — 512,3 ming kub. metr;
qattiq maishiy chiqindi poligoni, chiqindixonalarning foydalanish hududi, birinchi navbatda — 17,9 gektar, hisob davrida — 27,0 gektarni tashkil qilish rejalashtirilgan.
6. Shaharni funksional hududlashtirish va me’moriy rejalashtirish:
Qarshi shahrining rejalashtirish tarkibi, aholi joylashgan hududning guruh tizimi markazi — umuman tizimning guruhini tashkil qilish bilan bog‘liq omillar majmuasini hisobga olgan holda shakllantirilgan bo‘lib, bunda rivojlanish va fazoviy o‘sishni hisob-kitob davri chegaralaridan tashqari amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydi. Hududlardan funksional foydalanish ustuvorligini hisobga olib, asosiy bo‘lgan aholi punktining turar joy hududi ishlab chiqarish, ko‘kalamzor, manzara-dam olish hamda ma’muriy markaz qismlariga bo‘lingan.
Guruh tizimining asosiy kompozitsion o‘qlarining rolini Qarshi shahrini Toshkent, Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus shaharlari bilan bog‘laydigan yo‘nalishlar bajaradi.
Shaharning qabul qilingan loyihalashtirish va rejalashtirish tuzilishi yaxlit organizmni yaratishni nazarda tutadi, unda shaharning turli tabiatdagi qismlari, shuningdek, shaharga tutash qishloq aholi punktlari katta shaharsozlik tizimiga kiritilgan bo‘lib, ular shahar guruh tizimining markazi sifatida mavqeyini hisobga oladi.
Shaharning arxitektura-rejalashtirish tuzilishining asosini ko‘kalamzorlashtirilgan va suv chiqadigan bo‘shliqlar bilan birlashtirgan, tarixiy-me’moriy qo‘riqxona, alohida ma’muriy, savdo, madaniy, ma’rifiy va sport majmualarini o‘z ichiga olgan shahar ahamiyatiga ega jamoat markazlari tizimi tashkil etadi.
Jamoat markazlarining chiziqli-tugun tuzilishi uy-joylar va fuqarolik qurilishi sur’atlariga muvofiq shahar hududlarini egallashga imkon beradi va shahar qurilishining barcha bosqichlarida stilistik birlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Tarixiy zonada rekonstruksiya ishlari, eskirgan binolarni buzish va alohida mavzelarni mustahkamlash ishlari qonunchilikda belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi. Tarixiy zonaning chekkasida, obidalar joylashgan hududlarda transport harakati tartibga solinishi ko‘zda tutilgan.
2013-yilda ishlab chiqilgan bosh rejadagi asosiy funksional hududlar saqlab qolingan va unga qisman o‘zgartirishlar kiritilgan. Ishlab chiqilgan bosh reja loyihalarida shahar va shaharchalar uchun markaziy madaniyat va istirohat bog‘lari, kichik yashil hududlar va dam olish xiyobonlari joylashtirilganligi, bundan tashqari har bir turar joy hududi markazlarida piyodalar yo‘lagi, veloyo‘laklar, avtomobil yo‘llari va sanitariya himoya hududlari inobatga olinganligi, madaniyat va istirohat bog‘larining boshqa yashil hududlar bilan o‘zaro bog‘lanishi natijasida hududlarning yaxlit yashil tizimi hosil qilingan. Buning natijasida mavjud yashil maydonlarning loyiha hisob davrida kishi boshiga ko‘kalamzorlashtirilgan yashil tizim maydoni ko‘payishiga erishilgan.
Ushbu hududlar asosida turar joy bo‘yicha 35,0 gektar hamda sanoat va ishlab chiqarish hududlari uchun 20,0 gektar zaxira yer maydonlari bosh reja loyihasida rejalashtirilgan.
7. Shaharning ekologik rivojlanishi:
Shaharchalarda ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatish omillarini kamaytirish maqsadida ekologik talablarga mos ravishda loyihada quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
umumiy foydalanishdagi ko‘kalamzor hududlar, hisob davrida — 423,0 gektarni va kishi boshiga — 9,0 kv. metr;
sanitar-himoya hududlar, hisob davrida — 586,7 gektar va kishi boshiga — 12,48 kv. metr.
Muhandislik ishlari bo‘yicha hududni tayyorlash tadbirlari loyiha qismlarida hududdagi yog‘in suvlarini to‘g‘ri yo‘nalish orqali chiqarish, ulardan unumli foydalanish, ariqlar va kanallar orqali yashil hududlarni sug‘orishda:
sug‘orish hududi, hisob davrida — 8 052,6 gektar;
suv miqdori — 10 066,0 l/sek;
yerosti sizot suvlari sathini kamaytirish hududi, hisob davrida — 5 650 gektarni tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 105-son qaroriga
2-ILOVA
Qarshi shahri bosh rejasining
TEXNIK-IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
|
T/r |
Ko‘rsatkichlar |
O‘lchov birligi |
Hozirgi holati |
Birinchi navbat |
Hisob davri |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
I |
Aholi |
||||
|
Shahar aholisi soni |
ming kishi |
283,15 |
400,0 |
470,0 |
|
|
Shaharning ma’muriy-hududiy rivojlanishida unga qo‘shilayotgan aholi punktlari |
ming kishi |
76,4 |
|||
|
Aholining yosh tarkibi: |
ming kishi % |
283,15 100,0 |
400,0 100,0 |
470,0 100,0 |
|
|
maktabgacha yoshdagi bolalar (0 — 6 yosh) |
ming kishi % |
36,24 12,8 |
50,4 12,6 |
58,28 12,4 |
|
|
maktab yoshidagi bolalar (7 — 15 yosh) |
ming kishi % |
45,87 16,2 |
64,0 16,0 |
74,26 15,8 |
|
|
mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 16 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ayollar) |
ming kishi % |
177,54 62,7 |
252,0 63,0 |
297.51 63,3 |
|
|
mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi |
ming kishi %kishi % |
23,5 8,3 |
33,6 8,4 |
39,95 8,5 |
|
|
Aholining mehnat tarkibi: |
|||||
|
shaharni shakllantiruvchi guruh |
ming kishi % |
62,29 22,0 |
92,0 23,0 |
112,8 24,0 |
|
|
shaharga xizmat ko‘rsatuvchi guruh |
ming kishi % |
53,8 19,0 |
90,0 22,5 |
108,1 23,0 |
|
|
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim oluvchi 16 yoshdan katta o‘quvchilar |
ming kishi % |
26,33 9,3 |
26,4 6,6 |
29,1 6,2 |
|
|
ishsizlar va shaxsiy, maishiy va yordamchi xo‘jaliklarda band bo‘lganlar |
ming kishi % |
37,38 13,2 |
46,0 11,5 |
49,8 10,6 |
|
|
II |
Shaharni shakllantirish ahamiyatiga ega obyektlar |
||||
|
Sanoat korxonalari |
kishi % |
9603 100,0 |
13263 100,0 |
15690 100,0 |
|
|
Ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish tashkilotlari |
ming kishi |
1151 |
1400 |
1500 |
|
|
Pedagogik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni |
ming kishi |
4,77 |
5,57 |
5,67 |
|
|
Ma’muriy, xo‘jalik va jamoat tashkilotlari |
ming kishi |
9,87 |
10,5 |
11,5 |
|
|
Qurilish tashkilotlari |
ming kishi |
9,35 |
11,0 |
13,0 |
|
|
Tayyorlov-ta’minot tashkilotlari |
ming kishi |
0,92 |
1,1 |
1,2 |
|
|
Transport: |
|||||
|
havo transporti |
ming kishi |
0,31 |
0,35 |
0,4 |
|
|
temir yo‘l transporti |
ming kishi |
0,58 |
0,7 |
0,8 |
|
|
avtomobil transporti |
ming kishi |
4,0 |
8,9 |
10,8 |
|
|
Sog‘liqni saqlash muassasalari |
ming kishi |
6,61 |
12,0 |
15,3 |
|
|
Dam olish va turizm muassasalari |
ming kishi |
0,27 |
0,45 |
0,65 |
|
|
Qishloq xo‘jaligi |
ming kishi |
0,44 |
0,5 |
0,6 |
|
|
Boshqa tashkilotlar |
ming kishi |
0,38 |
0,47 |
0,63 |
|
|
III |
Hudud |
||||
|
Shahar chegarasidagi hudud |
ga kv.m/kishi |
8308,9 293,44 |
11026,8 275,67 |
16073.6 341,98 |
|
|
A) |
Turar joy hududlari, jami |
ga kv.m/kishi |
6851,94 241,99 |
9531,43 238,29 |
13694.23 291,37 |
|
Shu jumladan: |
|||||
|
Turar joy hududlari |
ga kv.m/kishi |
4076.34 143,96 |
7100,53 177,51 |
10342.03 220,04 |
|
|
Xizmat ko‘rsatish korxonalari |
ga kv.m/kishi |
950,8 33,58 |
954.6 23,86 |
1316,1 28,0 |
|
|
Umumiy foydalanishdagi ko‘klamzorlar |
ga kv.m/kishi |
178,4 6,3 |
320,0 8,0 |
423,0 9,0 |
|
|
Sport inshootlari va maydonlari |
ga kv.m/kishi |
27,45 0,98 |
105,0 2,63 |
125,0 2,66 |
|
|
Kanal, kollektor, ariqlar |
ga kv.m/kishi |
62,4 2,2 |
281,5 7,04 |
281,5 5,99 |
|
|
Magistral ko‘chalar tarmog‘i |
ga kv.m/kishi |
227,2 8,0 |
260,2 6,5 |
657,5 13,99 |
|
|
Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega hududlar |
ga kv.m/kishi |
830,95 29,35 |
174,4 2,36 |
174,4 3,71 |
|
|
Boshqa hududlar |
ga kv.m/kishi |
489,1 17,27 |
325,9 8,16 |
330,4 7,03 |
|
|
Maxsus hudud |
ga kv.m/kishi |
9,3 0,33 |
9,3 0,23 |
9,3 0,2 |
|
|
Turar joy zaxiralari hududi |
ga kv.m/kishi |
- |
- |
35,0 0,75 |
|
|
B) |
Aholi turar joylaridan tashqari hududlar, jami |
ga kv.m/kishi |
1456,96 51,45 |
1495,37 37,8 |
2378.77 50,61 |
|
shu jumladan: |
|||||
|
Sanoat korxonalari, qurilish korxonalari, tayyorlov-ta’minot tashkilotlari omborxonalari |
ga kv.m/kishi |
714,56 25,24 |
726,47 18,16 |
1085.17 23,09 |
|
|
Ko‘chalar, yo‘llar, o‘tish yo‘llari |
ga kv.m/kishi |
48,6 1,72 |
53,0 1,32 |
159,6 3,39 |
|
|
Tashqi transport hududi |
ga kv.m/kishi |
523,8 18,49 |
523,8 13,1 |
523,8 11,15 |
|
|
Issiqxonalar |
ga kv.m/kishi |
15 0,12 |
15 0,09 |
15 0,07 |
|
|
Tashqi trasport |
ga kv.m/kishi |
523,8 18,49 |
523,8 13,1 |
523,8 11,15 |
|
|
Sanitar-himoya hududi |
ga kv.m/kishi |
166,5 5,88 |
188,6 4,71 |
586,7 12,48 |
|
|
Sanoat zaxira hududi |
ga kv.m/kishi |
- |
- |
20,0 0,43 |
|
|
IV |
Aholi zichligi |
||||
|
shahar chegarasidagi hudud bo‘yicha |
kishi/ga |
41,3 |
42,0 |
34,3 |
|
|
turar joy hududi bo‘yicha |
kishi/ga |
34,1 |
36,3 |
29,2 |
|
|
V |
Uy-joy qurilishi |
||||
|
Uy-joy fondi umumiy maydoni |
ming kv.m |
3992,27 |
7200,0 |
10810,0 |
|
|
Uy-joy fondini qavatlar soni bo‘yicha taqsimlash: |
ming kv.m % |
3992.27 100,0 |
7200,0 100,0 |
10810.0 100,0 |
|
|
1 qavatli yakka tartibdagi uylar |
ming kv.m % |
2700.52 67,64 |
5308.24 73,73 |
8261,35 76,42 |
|
|
2 qavatli kottej uylar |
ming kv.m % |
211,7 5,3 |
501,8 6,97 |
698.93 6,47 |
|
|
2-3 qavatli uylar |
ming kv.m % |
165,11 4,15 |
169,62 2,36 |
137,14 1,28 |
|
|
4-5 qavatli uylar |
ming kv.m % |
840,51 21,05 |
890.72 12,37 |
1102.22 10,19 |
|
|
7 qavatli uylar |
ming kv.m % |
56,04 1,4 |
159,76 2,22 |
221.69 2,05 |
|
|
9 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
43,34 0,6 |
95,0 0,87 |
|
|
12 qavatli uylar |
ming kv.m % |
2,86 0,07 |
37,09 0,52 |
92,16 0,85 |
|
|
14 qavatli uylar |
ming kv.m % |
3,63 0,1 |
27,19 0,38 |
71,11 0,66 |
|
|
16 qavatli uylar |
ming kv.m % |
119 0,29 |
47,85 0,66 |
86,61 0,8 |
|
|
20 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
14,25 0,19 |
43,79 0,41 |
|
|
uy-joy fondi bilan ta’minlanish darajasi |
kv.m/kishi |
14,1 |
18,0 |
23,0 |
|
|
uy-joy fondi qisqarishi |
ming kv.m |
- |
89,75 |
100,37 |
|
|
yangi qurilishga nisbatan |
% |
- |
4,0 |
2,7 |
|
|
mavjud uy-joy fondiga nisbatan |
% |
- |
2,2 |
2,5 |
|
|
Yangi uy-joy qurilishlari |
ming kv.m % |
- |
2220.86 100,0 |
3540.62 100,0 |
|
|
1-qavatli yakka tartibdagi uylar |
ming kv.m % |
- |
1658.37 74,67 |
2851.11 80,52 |
|
|
2 qavatli kottej uylar |
ming kv.m % |
- |
281,83 12,7 |
197,13 5,58 |
|
|
4-5 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
25,61 1,15 |
211,5 5,97 |
|
|
7 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
103,72 4,67 |
61,93 1,75 |
|
|
9 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
43,34 1,95 |
51,66 1,46 |
|
|
12 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
34,23 1,54 |
55,07 1,56 |
|
|
14 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
23,56 1,06 |
43,92 1,24 |
|
|
16 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
35,95 1,62 |
38,76 1,09 |
|
|
20 qavatli uylar |
ming kv.m % |
- |
14,25 0,64 |
29,54 0,83 |
|
|
VI |
Ijtimoiy soha qurilishi |
||||
|
Maktabgacha ta’lim muassasalari, jami |
o‘rin |
11794 |
22000 |
29140 |
|
|
1000 kishiga |
o‘rin |
41,6 |
55 |
62 |
|
|
Umumta’lim maktablari, jami |
o‘rin |
38066 |
64000 |
74260 |
|
|
1 000 kishiga |
o‘rin |
134,4 |
160 |
158 |
|
|
Shifoxonalar, jami |
o‘rin |
6124 |
9924 |
11661 |
|
|
1000 kishiga |
o‘rin |
21,6 |
24,81 |
24,81 |
|
|
Poliklinikalar, jami |
qatnov |
8226 |
18400 |
21760 |
|
|
1000 kishiga |
qatnov |
29,1 |
44 |
44,3 |
|
|
Do‘konlar, jami |
kv.m savdo maydoni |
52210 |
102020 |
146120 |
|
|
1000 kishiga |
kv.m savdo maydoni |
184,4/37,8 |
155/51,0 |
310,9/60,4 |
|
|
Umumiy ovqatlanish korxonalari, jami |
o‘rin soni |
8085 |
18400 |
24650 |
|
|
1000 kishiga |
o‘rin soni |
28,5/5,9 |
46,0/9,2 |
52,5/10,2 |
|
|
Klublar, madaniyat saroylari, jami |
o‘rin |
850 |
14800 |
19775 |
|
|
1000 kishiga |
o‘rin |
3 |
37 |
42 |
|
|
Kinoteatrlar, jami |
o‘rin |
- |
8000 |
12960 |
|
|
1000 kishiga |
o‘rin |
- |
20 |
27,6 |
|
|
Teatrlar, jami |
o‘rin |
- |
837 |
3325 |
|
|
1000 kishiga |
o‘rin |
- |
2,9 |
7,0 |
|
|
Mehmonxonalar, jami |
o‘rin |
1806 |
2400 |
2800 |
|
|
1000 kishiga |
o‘rin |
6,4 |
6,0 |
6,0 |
|
|
Kir yuvish korxonalari, jami |
1 kg quruq kiyim smenada |
7650 |
42400 |
64200 |
|
|
1000 kishiga |
27,0 |
106 |
137 |
||
|
Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, jami |
ishchi o‘rni |
425 |
2800 |
4265 |
|
|
1000 kishiga |
ishchi o‘rni |
1,5 |
7 |
9,1 |
|
|
VII |
Shahar jamoat transporti va magistral ko‘chalar tarmog‘i |
||||
|
Bir kishining bir yilda barcha shahar transport vositalarida qatnovlari soni |
qatnov |
300 |
400 |
500 |
|
|
Yiliga tashiladigan yo‘lovchilar soni |
mln.yo‘lov. |
96,0 |
160,0 |
235,0 |
|
|
Shahar transporti yo‘llarining uzunligi |
km |
192,1 |
155,35 |
291,33 |
|
|
VIII |
Shahar magistral yo‘llari, ko‘chalar tarmoqlari |
||||
|
Shahar magistral ko‘chalarining uzunligi, jami |
km |
88,0 |
155,35 |
291,33 |
|
|
jumladan: |
|||||
|
shahar ahamiyatiga ega magistral yo‘llar |
km |
55,4 |
80,66 |
162,53 |
|
|
Shahar ko‘cha tarmog‘ining zichligi, jami |
km/kv.m |
1,06 |
1,41 |
1,81 |
|
|
jumladan: |
|||||
|
shahar ahamiyatidagi magistrallar |
km/kv.m |
0,66 |
0,73 |
1,01 |
|
|
Bir yo‘nalish qatnovining o‘rtacha vaqt sarfi |
min |
9,35 |
8,48 |
||
|
Yirik muhandislik — transport inshootlarining soni |
obyekt |
3 |
7 |
14 |
|
|
IX |
Muhandislik tarmoqlari va obodonlashtirish |
||||
|
A) |
Ichimlik suvi va ta’minot |
||||
|
Ichimlik suvining umumiy ta’minoti, jami: |
ming kub.m kuniga l/kun. kishi |
68,98 244 |
104,0 260 |
122,20 260 |
|
|
kommunal-maishiy ehtiyojlar |
ming kub.m kuniga l/kun. kishi |
39,8 141 |
80,0 200 |
94,0 200 |
|
|
sanoat va ishlab chiqarish ehtiyojlari |
ming kub.m/ kuniga |
5,56 |
12,0 |
14,1 |
|
|
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar |
ming kub.m/ kuniga |
23,62 |
12,0 |
14,1 |
|
|
Suv inshootlari quvvati |
ming kub.m/ kuniga |
112,0 |
124,8 |
147,0 |
|
|
Suv olish manbalari: Kitob — Shahrisabz yer osti suvlari (zaxira suv ta’minoti manbasi — Hisorak suv omborining suvlari); |
ming kub.m/ kuniga |
112,0 |
124,8 |
147,0 |
|
|
Uy-joy fondini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan ta’minlash |
%% |
95,0 |
100,0 |
100,0 |
|
|
B) |
Kanalizatsiya |
||||
|
Umumiy oqova suv hajmi, jami |
ming kub.m/ kuniga |
25,16 |
49,67 |
74,17 |
|
|
shu jumladan: |
|||||
|
xo‘jalik-maishiy chiqindi oqova suvlari |
ming kub.m/ kuniga |
21,36 |
38,16 |
59,22 |
|
|
sanoat oqova suvlari |
ming kub.m/ kuniga |
3,80 |
9,60 |
11,99 |
|
|
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar |
ming kub.m/ kuniga |
- |
1,91 |
2,96 |
|
|
Tozalash inshootlarining umumiy quvvati |
ming kub.m/ kuniga |
25,0 |
60,0 |
90,0 |
|
|
Uy-joy fondining oqova suv tarmog‘i bilan ta’minlanganligi |
% |
51,3 |
53,0 |
70,0 |
|
|
V) |
Elektr ta’minoti |
||||
|
Umumiy elektr energiyasi iste’moli |
yiliga mln. kVt.s. |
444,276 |
965,6 |
1131,7 |
|
|
jumladan: |
|||||
|
uy-joy, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun |
yiliga mln. kVt.s. |
368,095 |
880,0 |
1034,0 |
|
|
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari |
yiliga mln. kVt.s. |
61,301 |
64,8 |
75,6 |
|
|
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar |
yiliga mln. kVt.s. |
14,88 |
20,8 |
22,1 |
|
|
G) |
Issiqlik ta’minoti |
||||
|
umumiy markazlashgan issiqlik ta’minoti quvvati |
MVt (Gkal/s) |
- |
571,65 (491,535) |
826,9 (710,985) |
|
|
Issiqlik ta’minoti, jami |
MVt (Gkal/s) |
21,215 (18,5) |
571,65 (491,535) |
826,9 (710,985) |
|
|
jumladan: |
|||||
|
uy-joy fondi |
MVt (Gkal/s) |
21,215 (18,5) |
136,085 (117,012) |
175,93 (151,273) |
|
|
kommunal-maishiy ehtiyojlar |
MVt (Gkal/s) |
- |
435,56 (374,515) |
435,56 (374,515) |
|
|
Uy-joy fondining markazlashtirilgan isitish va issiq suv manbai bilan ta’minlanganligi |
% |
23,5 |
100,0 |
100,0 |
|
|
D) |
Gaz ta’minoti |
||||
|
Gazning umumiy iste’moli (jami) |
yiliga ming n.m.kub |
222693,2 |
230041,9 |
332735,1 |
|
|
jumladan: |
|||||
|
uy-joy fondi gaz ta’minoti |
yiliga ming n.m.kub |
160480,0 |
52800,0 |
62040,0 |
|
|
kommunal-maishiy ehtiyojlar gaz ta’minoti |
yiliga ming n.m.kub |
30180,2 |
18650,0 |
22430,0 |
|
|
isitish qozonlari gaz ta’minoti |
yiliga ming n.m.kub |
1270,7 |
137391,9 |
223515,1 |
|
|
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari gaz ta’minoti |
yiliga ming n.m.kub |
30762,3 |
21200,0 |
24750,0 |
|
|
Tabiiy gaz bilan ta’minlangan xonadonlar |
miqdori |
74192 |
79620 |
93125 |
|
|
Uy-joy fondlarining tabiiy gaz bilan ta’minlanganligi |
% |
100 |
100 |
100 |
|
|
E) |
Sanitar tozalash inshooti hududi |
||||
|
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmi |
ming m.kub/yil |
308,0 |
436,0 |
512,3 |
|
|
qattiq maishiy chiqindi poligoni, chiqindixonalarning foydalanish hududi |
ga |
29,0 5,8 |
29,0 17,9 |
29,0 27,0 |
|
|
Chiqindilarni qayta ishlash zavodi |
soni/ming m.kub/yil |
1 120 |
1 120 |
1 165 |
|
|
X) |
Hududni muhandislik tayyorlash |
||||
|
Sug‘orish maydoni |
ga |
3220,3 |
4896,4 |
8052,6 |
|
|
yashil maydonlarni sug‘orish uchun hisoblangan suv miqdori |
l/sek. |
5367,0 |
6995,0 |
10066,0 |
|
|
yerosti sizot suvlari sathini kamaytirish hududi |
ga |
1764,0 |
2772,0 |
5650,0 |
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/105/0179-son)
