Bitiruvchi yoshlarga oltin medallar topshirildi
2025-06-27 17:50:00 / Yangiliklar

Joriy yilda Qarshi shahridagi umumta’lim maktablarini 3 809 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tamomlab, mustaqil hayot sari dadil qadam tashladi. Bitiruvchilardan 301 nafari oltin, 27 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, 62 nafar o‘quvchi muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi, 407 nafar bitiruvchi esa turli darajadagi til bilish sertifikatlariga ega bo‘ldi.
Bugun Qarshi shahar hokimligida maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev ishtirok etib, bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi, ularga oltin medallarni tantanali ravishda topshirdi hamda kelgusi o‘qish va faoliyatlariga omad tiladi.









