Hokim xorijda bo‘lgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
2025-04-29 20:45:00 / Yangiliklar

Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan, mehnat qilayotgan hamda yaqinda vatanga qaytgan yoshlar bilan videokonferensiya shaklida onlayn muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda ayni paytda Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlarda yashab, ta’lim olib yoki mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan yigit-qizlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bir qator masalalar, jumladan, tadbirkorlikka oid imtiyozlardan foydalanish, harbiy xizmat xarajatlari, ishga joylashish kabi yo‘nalishlarda taklif va murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat tegishli mas’ullar tomonidan qayd etilib, ularning ijrosini ta’minlash shahar hokimining bevosita nazoratiga olindi.
Mazkur muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlar bilan doimiy aloqani kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.









