“Naxshab” mahallasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
2026-04-25 14:10:00 / Yangiliklar

Qarshi shahrining “Naxshab” mahallasida infratuzilmani yaxshilash va hududni yanada obod qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududdagi 4 ta transformator punktida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga 85 ta yangi temir-beton ustunlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Shuningdek, havo elektr uzatish liniyalari ta’mirlanib, 24 kilometr SIP kabel tarmog‘i tortilmoqda.
Gaz ta’minoti tizimida ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Qarshi shahar gaz filiali tomonidan 3,6 kilometr gaz tarmoqlari estetik tartibga keltirilib, bo‘yoqlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, ma’nan eskirgan 6 ta gaz taqsimlash punktlari (GRP) demontaj qilinib, 428 ta xonadonga regulyatorlar o‘rnatildi hamda gaz bosimi tizimi 3 bosqichdan 2 bosqichga o‘tkazildi.
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida suv quvurlarida ta’mirlash ishlari bajarilib, mavjud nosozliklar bartaraf etildi.
Mahalla hududining estetik qiyofasini yanada yaxshilash maqsadida binolar fasadlari va daraxtlar oqlanmoqda. Tozalik, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.



