Hokim o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
2025-12-23 20:15:00 / Yangiliklar

Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev “Bolalar harakati” sardorlari hamda iqtidorli va tashabbuskor o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Bolalar harakati” sardorligiga saylangan o‘quvchi-yoshlarga “Ishonch yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Al-Xorazmiy izdoshlari” olimpiadasi g‘oliblari hamda “Konstitutsiya bilimdoni” shiori ostida tashkil etilgan “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallagan 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabining “Renessans yoshlari” jamoasiga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, kelgusida ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.









