Ish staji va ish haqingiz toʻgʻrisidagi maʼlumotlaringizni raqamlashganlik holatini doimiy tekshirib boring.
2025-12-23 13:10:00 / Jamg'arma yangiliklari

Hurmatli fuqarolar!
Pensiyalar axborot tizimlaridagi elektron maʼlumotlar asosida tayinlanishini hisobga olib, Sizdan ish stajingiz, ish haqingiz hamda mehnat daftarchangizdagi mavjud maʼlumotlarni avvaldan raqamlashtirib borishingiz tavsiya etiladi.
Maʼlumotlarni qanday raqamlashtirish mumkinligi toʻgʻrisida quyidagi havola orqali oʻtib toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin:
⏩ https://www.youtube.com/watch?v=oBTban6bPEA&t=57s
Shuningdek, maʼlumotlaringiz raqamlashganlik holatini my.gov.uz portali orqali mustaqil tekshirishingiz mumkin.
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilsangiz, kelajakda sizga pensiya avtomatik ravishda muammosiz tayinlanadi.
