Kambagʻallikdan farovonlik sari
2025-03-24 12:05:00 / Jamg'arma yangiliklari

Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori M.Atadjanov va ijro etuvchi direktorning birinchi oʻrinbosari Z.Tursunov Qoraqalpogʻiston Respublikasining ayrim tumanlarida obodonlashtirish harakatlari va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.
Pensiya jamgʻarmasi vakillari tuman hokimliklari, "mahalla yettiligi", bandlik boʻlimlari bilan birgalikda Amudaryo tumanining “Qangli”, "Oq oltin", "Z.M.Bobur" va Beruniy tumanining "Oltinsoy" OFYlarida boʻlishdi.
Tashrif davomida mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarning turmush darajasini yaxshilash va bandligini taʼminlash maqsadida amaliy choralar koʻrildi.
Xususan, xonadonlar tomorqalariga suv yetkazish maqsadida suv inshootlarini tashkil etish, ichki yoʻllarni taʼmirlash, yoʻllarda yoritish chiroqlarini oʻrnatish kabi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Jumladan, Pensiya jamgʻarmasi rahbariyati koʻmagi bilan Beruniy tumani "Oltinsoy" OFY hududida tomorqalarni sugʻorish suvi bilan taʼminlash maqsadida 3 dona sugʻorish quduqlarini qazish ishlari boshlandi va bu jarayon jadal davom etmoqda.






