Pensiya jamgʻarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi
2025-03-12 11:25:00 / Jamg'arma yangiliklari

Joriy yilning 11-mart kuni Pensiya jamgʻarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarma va tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi yigʻilishida berilgan vazifalar ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Yu.Eshov, boʻlim prokurori F.Toʻraqulovlar tomonidan Pensiya jamgʻarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, kelgusida ushbu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar tahlil qilindi.
Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar axboroti tinglandi va kelgusida ushbu boʻlimning maʼsuliyatini yanada oshirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtildi.





