Korrupsiya bu – jamiyat taraqqiyotiga tahdid!
2025-03-03 19:40:00 / Jamg'arma yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi bujetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati rahbariyati tashabbusi bilan “Korrupsiya bu – jamiyat taraqqiyotiga tahdid!” mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.
Ushbu seminarda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati direktori oʻrinbosari N. Shadixodjayev, boʻlim boshligʻi A. Axmedov, Sirdaryo viloyati prokuraturasi katta prokurori Sh. Ikromov hamda Pensiya jamgʻarmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) boʻlimlarida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar ishtirok etishdi.
Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati direktori oʻrinbosari N. Shadixodjayev tomonidan seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi har kim bu illatga qarshi kurashishi, jamiyat taraqqiyotga eng katta tahdid ekanini har bir ongli inson chuqur anglashi kerakligini aytib, barchani yana bir bor ogohlikka chaqirdi.
Mazkur seminarda A. Axmedov tomonidan 2024-yil davomida Pensiya jamgʻarmasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelajakda mazkur yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustivor vazifalar yuzasidan maʼlumot berdi.
Sirdaryo viloyati prokuraturasi katta prokurori Sh. Ikromov tomonidan korrupsion jinoyatlarni oqibatlari hamda nafaqat jamiyat uchun balki xodimning oʻzi uchun eng katta dushman ekanligini aytib oʻtdi.
Shu oʻrinda, Pensiya jamgʻarmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi masʼullari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan xamkorlik uchun Pensiya jamgʻarmsining “12-71” hamda boshqarmada tashkil etilgan (67) 225-22-09 ishonch telefonlari doimiy faoliyat koʻrsatayotganligini eslatib oʻtamiz.




