2024 yil davomida Pensiya jamgʻarmasi tizimi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar
2025-02-27 18:40:00 / Jamg'arma yangiliklari
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tizimga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilishi doimiy ravishda nazoratga olingan.
2024-yil davomida Pensiya jamgʻarmasi tizimi xodimlarining hatti-harakatlari yuzasidan 22 ta murojaat kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarni hududlar boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak natijalar quyidagicha bo’ladi:
5 ta murojaat Samarqand viloyatidan, 4 ta murojaat Navoiy viloyatidan, 3 tadan murojaat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan, 2 ta murojaat Andijon viloyatidan hamda 1 tadan murojaat Buxoro va Jizzax viloyatlaridan kelib tushgan.
Mazkur murojaatlarni oʻrganish jarayonida fuqarolar tomonidan keltirilgan vajlarning birortasi oʻz tasdigʻini topmagan.
Bundan tashqari, Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan fuqarolarga pensiyaga chiqish uchun murojaat qilish tartibi, pensiyalarni tayinlash va toʻlash muddatlari va shartlari toʻgʻrisida muntazam ravishda tushuntirishlar va maʼlumotlar berib borilmoqda.
