2024-yil dekabr oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi
2024-12-05 13:30:00 / Jamg'arma yangiliklari
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning dekabr oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,1 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.
Oʻz navbatida pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,3 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 80 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-dekabr kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.
