Korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib boramiz
2023-08-29 10:30:00 / Jamg'arma yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, o‘z kelajagi uchun to‘siq bo‘lishi hamda korrupsion jinoyatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Pensiya jamg‘armasining Jizzax viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlarining barcha xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib boramiz” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga Jizzax viloyati IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i A.Musurmonqulov taklif etilib korrupsiyaga qanchalik yomon illat ekanligi unga qo‘l urganlar uchun albatta jazo muqarrarligini tushuntirdi.
Tadbir so‘ngida soha xodimlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.
Shu o‘rinda, Pensiya jamg‘armasi Jizzax viloyati boshqarmasi mas’ullari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun Pensiya jamg‘armasining “11-40” hamda boshqarmada tashkil qilingan (99) 202-11-40 ishonch telefonlari doimiy faoliyat ko‘rsatayotganligini eslatib o‘tadi.


