Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili Pensiya jamgʻarmasiga tanishtirildi
2026-04-17 12:25:00 / Jamg'arma yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida joriy yilning 10-aprel kuni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga Hisob palatasining bosh inspektori Artiqmuradov Umid Ummatqulovich biriktirildi va jamgʻarma jamoasiga tanishtirildi.
Tadbirda Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori Murodbek Atadjanov va masʼul xodimlar, shuningdek, Hisob palatasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida jamgʻarma tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash borasida izchil ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Bunda, jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona hamda aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan holda foydalanish ustuvor vazifalar qatoridan oʻrin olgan.
Shu bilan birga, moliyaviy intizomni mustahkamlash, ichki nazorat va audit mexanizmlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy nazorat usullarini amaliyotga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, Hisob palatasi bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, nazorat-tahlil faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish hamda axborot almashinuvini samarali tashkil etish yuzasidan oʻzaro kelishib olindi.



