2026-yil aprel oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi.
2026-04-05 10:00:00 / Jamg'arma yangiliklari
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning aprel oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,3 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.
Oʻz navbatida pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,8 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 89 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiyani naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-aprel kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.
