Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz
2024-06-19 19:45:00 / Jamg'arma yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminarda Pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi va Samarqand shahar xodimlari bevosita hamda viloyatning barcha tuman (shahar) boʼlimlari xodimlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv-seminarida Samarqand viloyat IIB Korrupsiyaga kurashish bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakillari podpolkovnik O.Shakarov va kapitan X.Sadullaev, Samarqand shahar prokurori katta yordamchisi adliya maslaxatchisi O.Obilov, Diniy ishlar boʼyicha qoʼmitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshligʼi S.Baymurodovlar taklif etildi.
Korrupsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy hayotiga xavf soladi, mamlakatni, davlatni, millatni taraqqiyotiga to‘siq boʼlishini, ming afsus bilan jamiyatda shunday illatlar borligi, ular maʼlum bir soha emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan islohotlarga to‘g‘anoq boʼlishini, davlatni ich ichidan yemirishi mumkinligini, bu illat Korrupsiya va poraxo‘rlik-deb aytilishini maʼlum qilib, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasizlik bilan kurashish va uning oldini olish bo‘yicha ishlar olib borayotganligini, bundan keyin yanada kuchaytirilgan holda olib borilishini aytib oʼtildi.
Taklif etilgan mehmonlar so‘zga chiqib, korrupsiya illati “Nafsimiz” bilan bog‘liqligini, korrupsiyaviy jinoyatlatlarga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida jazo muqarrarligi taʼkidlandi.
Shu oʼrinda, Pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi masʼullari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun Pensiya jamg‘armasining “12-71” hamda boshqarmada tashkil qilingan (66) 231-11-66 ishonch telefonlari doimiy faoliyat ko‘rsatayotganligini eslatib o‘tadi.




