2026-yil mart oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq (100%) moliyalashtirildi.
2026-03-05 19:50:00 / Jamg'arma yangiliklari
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning mart oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,3 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.
Oʻz navbatida pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,8 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 89 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiyani naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-mart kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.
