Pensiya pulim tushadigan plastik kartam muddati oʻtib qoldi. Endi pensiyamni qanday olaman?
2026-01-29 11:05:00 / Jamg'arma yangiliklari
Agar pensionerning bank plastik kartasi muddati tugagan boʻlsa, yangi plastik kartasini olish uchun ariza bilan tijorat banklari filiallariga yoki bank mobil ilovalari orqali onlayn shaklda murojaat qilishi mumkin.
Bank tomonidan ariza qabul qilingandan soʻng, pensionerga yangi plastik karta ochiladi va keyingi oydan boshlab pensionerning pensiya mablagʻlari yangi plastik kartaga oʻtkazib beriladi.
Pensionerning bank plastik kartasi muddati tugaganligi sababli pensiya toʻlanishi toʻxtatilmaydi.
