Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 31-dekabrga qadar ijtimoiy soliqni toʻlab, ish stajiga ega boʻlishlari mumkin.
2025-12-20 14:45:00 / Jamg'arma yangiliklari
Bugungi kunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun ijtimoiy soliq toʻlab ish stajiga ega boʻlish imkoniyati yaratilgan. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdori (bugungi kunda 412 ming soʻm)da 1 yilda 1 marotaba ijtimoiy soliqni toʻlasa, 1 yillik ish stajiga ega boʻladi.
Mazkur ijtimoiy soliqni toʻlash muddati oldin 1-dekabrga qadar boʻlgan boʻlsa, 2025-yil yanvardan boshlab 31-dekabrga qadar uzaytirilgan.
Kelajakdagi pensiyangizga befarq boʻlmang. Tezroq ijtimoiy soliq toʻlab, 2025-yil uchun ish stajiga ega boʻlishga ulgurib qoling.
Ijtimoiy soliq toʻlovini soliq organlarida yoki "Soliq","Xazna", "Click" mobil ilovalari orqali onlayn ham amalga oshirishingiz mumkin.
