9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
2025-12-09 20:50:00 / Jamg'arma yangiliklari

Shu munosabat bilan bugun Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Davra suhbatida Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati xodimlari va ZOOM platformasi orqali tizim xodimlari, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakili Sh.Gʻulomov ishtirok etdi.
Tadbir davomida Pensiya jamgʻarmasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi. Xususan, xodimlarning fuqarolarga xizmat koʻrsatish jarayonida shaffoflikni taʼminlash, oʻz vazifalarini halol va vijdonan bajarish boʻyicha qatʼiy tavsiyalar ilgari surildi.
Qayd etish joizki, bu kabi tadbirlar, shubhasiz har bir xodimning qonuniylik, halollik va fidoyilik tamoyillari asosida mehnat faoliyati olib borishiga katta yordam beradi. Halollik va masʼuliyatlilik — bu har bir xodimning kasbiy shaʼni va burchidir.



