Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazildi.
2025-11-24 10:15:00 / Jamg'arma yangiliklari

Maʼlumki, Pensiya jamgʻarmasi tizimida joriy yilning 1-30-noyabr kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkazilmoqda. Jumladan, noyabr oyi davomida hududlarda navbatdagi oʻquv-seminarlar tashkil etildi.
Seminarlarda Pensiya jamgʻarmasi xodimlari, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar va diniy tashkilot vakillari ham ishtirok etdi. Oʻzaro muloqotlar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimlari yuzasidan takliflar bildirildi.
Shuningdek, davlatimiz ravnaqi uchun har bir Oʻzbekiston fuqarosi masʼul ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi masʼuliyat ekanligini anglab, sidqidildan mehnat qilish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.





