2025-yil noyabr oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi
2025-11-05 12:15:00 / Jamg'arma yangiliklari
Pensiya jamgʻarmasi tomonidan joriy yilning noyabr oyi toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4,2 mln nafar pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga moliyalashtirilib berildi.
Oʻz navbatida pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,7 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 88 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablagʻlar toʻliq yuklab berilishi taʼminlandi.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga pensiya pullari 4-noyabr kunidan boshlab tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.
