Ehtiyojmand oilalarga 1 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi
2025-11-03 09:50:00 / Yangiliklar
#moddiy_yordam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi.
Mazkur tashabbus orqali davlatimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, isitish mavsumi oldidan ularga yengillik yaratish maqsad qilingan.
Eslatib o‘tamiz, moddiy yordam olish uchun arizalar 1-oktyabrgacha qabul qilingan bo‘lib, ular “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.
Moddiy yordamni to’lash uchun jami 1,2 trln soʻm mablagʻ moliyalashtirildi.
