Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
2025-09-20 10:20:00 / Yangiliklar
#moddiy_yordam

Joriy yil 19-sentyabr holatiga ko‘ra, “Mahalla yettiligi” tomonidan 317 698 ta qo‘shimcha ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzildi.
Xabaringiz bor, 2025/2026-yilgi isitish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘shimcha moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil noyabr oyida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha shakllantirilgan ro‘yxatdagi ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Agar siz ushbu toifalarga mos kelib, ehtiyojmand oila bo‘lsangiz, joriy yilning 25-sentyabr kuniga qadar “Mahalla yettiligi”ga murojaat qiling.
