Toshkent issiqlik markazining 4-sonli issiqlik markazida 100 MVt quvvatga ega yangi gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishi davom etmoqda
2025-07-31 12:40:00 / Yangiliklar

Obyektni joriy yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirish rajalashtirilgan.
Ushbu gaz-porshenli elektr stansiyasi ishga tushirilgach, yiliga o‘rtacha 876 mln kVt·soat elektr va 784 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida 15 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Mazkur elektr stansiya orqali o‘rtacha 365 ming xonadonni elektr va 58 mingta xonadonni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.








