Oltinko‘l tumanidagi “gaz zapravka”da 13,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi
2025-07-25 14:00:00 / Yangiliklar

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Xususan, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi “O.G.O” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘tkazilgan tekshirishda o‘lchov qurilmalariga tashqi ta’sir ko‘rsatilishi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 13,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh qilishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh qilinadi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.


