Energetika vazirligida “Gender tenglikka erishish strategiyasi”ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2025-07-25 11:50:00 / Yangiliklar

2025 – 2029-yillarga mo‘ljallangan ushbu Strategiya Energetika vazirligi, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamkorligida ishlab chiqilgan.
Uning asosiy maqsadi – energetika sohasida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish, rahbarlik lavozimlarida ularning ishtirokini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va gender stereotiplarini bartaraf etishga qaratilgan.
Taqdimotda energetika tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlardan gender masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga strategiyaning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ushbu strategiya nafaqat hujjat sifatida, balki amaliy mexanizm sifatida muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Qatnashchilar ushbu tashabbus energetika tizimidagi barqaror rivojlanish va ijtimoiy adolatga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.




