Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda
2025-07-09 11:00:00 / Yangiliklar

Loyiha ishlarida Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.”, Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va Turkiyaning “Çalik Enerji” kabi yetakchi xorijiy kompaniyalari ishtirok etmoqda.
Hozirgi kunda qurilish ishlari yakuniy bosqichga yaqinlashgan bo‘lib, asosiy energouskunalar o‘rnatilgan. Loyiha ishga tushgach, stansiyada qo‘shimcha 8 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.


