27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
2025-06-27 08:00:00 / Yangiliklar

1993-yildan buyon har yili 27-iyun O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishi nihoyatda murakkab va mas’uliyatli, chunki ularning qo‘lida Yer yuzidagi eng kuchli qurollardan biri bo‘lgan so‘z turibdi.
Ular xalq manfaatlarini fidokorona himoya qilib, bunyodkorlik va ezgulik xabarchisi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bugun o‘z bayramlarini nishonlayotgan barchani ushbu sana bilan tabriklaymiz va halol mehnati, yuksak kasbiy mahorati hamda tanlagan ishiga fidoyiligi uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Samarali ijodingizga muvaffaqiyatlar tilaymiz, barcha rejalaringiz va g‘oyalaringiz amalga oshsin.

