Toshkentda “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi boshlandi
2025-06-19 14:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahridagi “CAEx Uzbekistan” majmuasida joriy yilning 19–21-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan, Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbirlardan biri — “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro tadbiriga start berildi.
Unda Energetika vazirligi “yashil” energiya manbalari imkoniyatlarini aks ettiruvchi stendlar, bir qator “yashil” loyihalar bilan faol ishtirok etmoqda.
Zero, atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” energetikani rivojlantirish barqaror kelajakning ajralmas qismi bo‘lib, bu barchamiz uchun umumiy vazifadir.









