Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, islohotlar natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi
2025-06-19 09:50:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida sanoat, tibbiyot, turizm, energetika kabi ko‘plab sohalardagi korxonalar faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
