Iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
2025-06-17 23:40:00 / Yangiliklar

Xabar berganimizdek, soat 21:00 da Toshkent shahridagi “Sokin” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan edi.
Buning natijasida Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilgan.
Ushbu nosozlik energetiklar tomonidan bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq qayta tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
