2025-yilning 1-iyun holatiga respublika bo‘yicha jami 121 168 ta obyektga umumiy quvvati 1 417,3 MVtga teng bo‘lgan kichik quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan
2025-06-12 17:45:00 / Yangiliklar
#yashil_energiya

Xususan:
🔹18 682 ta ijtimoiy soha obyekti tomonidan 357,8 MVt;
🔹26 831 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan 722,1 MVt;
🔹173 798 ta aholi xonadoniga 313,9 MVt;
🔹1 857 ta ko‘p qavatli uyga 23,5 MVt o‘rnatilgan.
Ma’lumot uchun: 2025-yilning besh oyida ushbu panellar orqali 489 mln kVt⋅soat elektr energiya ishlab chiqarilgan bo‘lib, buning natijasida 148 mln metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishilgan va 220 ming tonna zararli gazlarning atmosferaga chiqishini oldi olingan.
