Energetika vazirligida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi
2025-05-08 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 8-may kuni Energetika vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bagʻishlangan navbatdagi seminar tashkil etildi.
Unda Energetika vazirligi, yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodimlari hamda Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi vakillari ishtirok etishdi.
Videokonferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan mazkur seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi Oybek Abdug‘aniyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish, ularning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha dolzarb masalalar haqida tushunchalar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilarning savollariga mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni 2024-yil 5-iyunda qabul qilingan va 2024-yil 6-dekabrdan boshlab kuchga kirgan.