Elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori yangilandi
2025-04-30 12:35:00 / Yangiliklar

Elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori yangilandi. Undan veb-sayt va “HET BILLING mobil ilovasi orqali fodalanish mumkin
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini qо‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich о‘zgarish grafigiga о‘zgartishlar va qо‘shimcha kiritish haqida” 194-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan, 201 kVt·soatdan 1000 kVt·soatgacha bо‘lgan differensiallashgan tarif bо‘yicha iste’mol miqdori orasiga yangi miqdor kiritilmoqda. Ya’ni, 2025-yil 1-maydan e’tiboran aholi iste’molchilari 201 kVt·soatdan 500 kVt·soatgacha bо‘lgan yangi miqdor oralig‘ida har bir kVt·soat uchun 800 sо‘mdan tо‘laydilar.
Iste’molchilar uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan joriy yilning 1-may sanasidan boshlab amal qiladigan yangi tariflarni hisoblash uchun “Elektr energiyasining iste’mol qilish kalkulyatori” yangilandi.
Kalkulyatordan jamiyatning rasmiy veb-sayti va “HET BILLING mobil ilovasi orqali fodalanish mumkin.
