2025-2026-yillarda Mikro GESlarni qurish va ishga tushirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshiriladi
2025-04-23 18:55:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning 2025-yil 28-martdagi PQ-129-son qaroriga muvofiq, 2025-2026-yillarda respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va ishga tushirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshiriladi.
Bunda, mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishga qiziqish bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga bir qator qulayliklar yaratiladi.
Ushbu qarorning asosiy maqsadi — mamlakatning barqaror energetika ta’minotini ta’minlash, mikro va kichik gidroelektr stansiyalarni joriy etish orqali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisoblanadi.
Qarorning asosiy yo‘nalishlari:
· Mikro GESlar qurilishi: 2025–2026 yillarda tuman va shaharlar kesimida mikro gidroelektr stansiyalarini qurish va ishga tushirish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar tasdiqlandi.
· Moliyalashtirish: Loyihalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar davlat byudjeti, xalqaro moliya institutlari va xususiy investorlar hisobiga jalb etiladi.
· Ta’lim va malaka oshirish: Energetika sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shaffof va manfaatli takliflar:
· “Yashil energiya” MCHJ tomonidan “tayyor loyiha” sifatida tadbirkorlarga loyihani auksiondan olish imkoniyati yaratildi.
· Tadbirkorlarga namunaviy loyiha hujjatlari tayyorlab berildi.
· Elektron onlayn savdolarini yengillashtirish maqsadida yangi reglament ishlab chiqiladi.
· Taraqqiyot va tiklanish fondi tomonidan 10 mln dollar miqdoridagi kredit liniya va Jahon bankidan jalb qilinadigan 150 mln dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar MikroGESlar qurilish bilan bog‘liq xarajatlarga yo‘naltiriladi.
Mikro va kichik gidroelektr stansiyalarga qiziqish bildirgan taqdirda quyidagi havola orqali yangi va amaldagi auksion savdolari bilan tanishish imkoniyati mavjud: ("E-AUKSION" || Lotlar — Yangi lotlar, Elektr stansiyalarini qurish huquqi)
Mazkur loyihalarga tadbirkorlarga yordamlashish, mavjud muommolariga qisqa fursatlarda yechim topish maqsadida viloyat hokimliklarida shtab tashkil etildi.
