Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida ishlash bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi
2025-04-14 15:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11-aprel kuni Adliya vazirligining Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tomonidan Energetika vazirligi hamda “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — “loyiha.adliya.uz”da ishlash bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.
Unda Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF–111-son Farmoni bilan joriy qilingan “loyiha.adliya.uz” platformasida ishlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini soddalashtirilgan hamda kengaytirilgan tartibga solish ta’sirini baholashning hisobotlarini yaratish bosqichlari, jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar platformada ishlash jarayoni bilan bog‘liq savollariga javob olishdi hamda uni takomillashtirish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berishdi.




