Magistral elektr tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
2025-03-03 11:30:00 / Yangiliklar
#24_soatli_navbatchilik_asosida

«O‘zbekiston MET» AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan nazorat ko‘riklarini o‘tkazish davom ettirilmoqda.
Suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining «Qamchiq» dovonidan o‘tuvchi 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari aks etgan.
Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirishmoqda. Shikastlangan tarmoq elementlari almashtirilmoqda.







