Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda
2025-01-29 15:50:00 / Yangiliklar

Xususan, Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanidagi “B.B.B” MCHJ rahbari A.S. jamiyatga qarashli binoda tashkil qilingan ohak sexiga oʻrnatilgan elektron hisoblagichning tamgʻasini buzib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 5,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat boʻyicha viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar!
Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Shuni unutmangki, energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.
