Moʻgʻuliston Bosh vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi delegatsiya Yuqori Chirchiq tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurdi
2025-01-28 19:30:00 / Yangiliklar

Kecha, 27-yanvar kuni Moʻgʻuliston Bosh vaziri oʻrinbosari Dorjxand Togmid boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan, quvvati 200 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurdi.
Shuningdek, delegatsiya tarkibida Moʻgʻuliston parlamenti aʼzolari va energetika sohasi vakillari ham ishtirok etdi.
Tashrifning maqsadi mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishdan iborat.
“ACWA Power” kompaniyasining Oʻzbekistondagi rahbari Jon Zaidi delegatsiyaga kompaniyaning yurtimizdagi portfeli va investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.



