Navoiy IESda quvvati 650 MVt bo‘lgan yangi bug‘-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda
2025-01-07 15:00:00 / Yangiliklar

Bug‘-gaz qurilmasi ishga tushgach, yiliga qo‘shimcha 4,8 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi hamda 932 Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Bunda zamonaviy, yuqori tejamkor texnologiyalar hisobiga yiliga 870 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Bu yerda mahalliy va xorijiy kompaniyalardan 470 nafar malakali muhandis-texniklar (mahalliy mutaxassislar 420 ta) hamda 90 ta maxsus texnikalar ishlamoqda. Ahamiyatlisi, loyiha ishga tushirilishi natijasida 347 ta yangi ish o‘rini yaratiladi.


