AQShda elektromobillar va gibridlar savdosi ulushi rekord darajaga yetdi
2024-12-06 09:45:00 / Yangiliklar

AQShda sotilgan elektr va gibrid avtomobillar soni 2024-yilning uchinchi choragida yana oshib, rekord darajaga yetdi. “Wards Intelligence” maʼlumotlariga koʻra, gibrid elektromobillar va akkumulyatorli elektromobillarning (BEV) umumiy sotuvi 2-chorakda AQSHda yangi yengil avtomobillar (LDV) umumiy sotuvining 19,1% dan 3-chorakda 19,6% gacha oʻsgan.
Bozor ulushining oʻsishi, birinchi navbatda, gibridlarning sotilishi bilan bogʻliq boʻlgan. BEV savdosi pasaygan, shu bilan birga AQSH LDV bozoridagi ulushi 2024-yilning 2-choragida 7,4% dan 3-chorakda 7,0% gacha kamaygan. Gibrid avtomobillar savdosi ulushi oshgan — 2024-yilning 3-choragida gibrid avtomobillar AQSH LDV bozorining 10,8 foizini tashkil etib, rekordni yangilagan.
Elektromobillar bozorida birinchi oʻrinni Tesla egallab turibdi, uning ulushi 48,8% ni tashkil etadi.
