Olmazor tumanidagi Shon-shuhrat mahallasi hududida kogeneratsiya qurilmasini barpo etish ishlari 90 foiz yakunlandi
2024-11-28 09:00:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy kogeneratsiya texnologiyasining elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 1,2 MVt hamda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvati 6,4 Gkalni tashkil etadi.
Qurilma ishga tushirilishi natijasida hududdagi 18 ta koʻp qavatli uy, 1 ta maktab, 1 ta ijtimoiy soha obyekti va bir qator tadbirkorlik subyektlari barqaror issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.
Ushbu loyiha orqali yiliga 8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi hamda 52 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyihaga koʻra, 10 ta yangi ish oʻrini yaratiladi.
Ayni kunlarda kogeneratsiya qurilmasini oʻrnatish ishlari yakunlanib, tarmoqqa ulash boʻyicha sozlash ishlari olib borilmoqda.




