Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik mavjud
2024-11-13 18:15:00 / Yangiliklar
Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.
Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o‘rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.
Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o'zgartirish o‘g‘rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan.
Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...