Qisqa savol-javoblar
2026-11-13 18:50:00 / Yangiliklar

Savol: 15-noyabrdan suyultirilgan gaz narxi oşişi ehtiyojmand oilalarga ham ta’sir qiladimi?
Javob: Yöq, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uçun suyultirilgan gaz narxi amalda oşmaydi. Çunki davlat tomonidan ularga har bir kilogramm gaz uçun 3 000 sömdan, oyiga 20 kilogrammgaça kompensatsiya beriladi.
2026-yil 15-noyabrdan aholi uçun suyultirilgan gazning çakana narxi QQS bilan birga 1 kilogramm uçun 5 000 söm etib belgilanadi. Kompensatsiya hisobiga ehtiyojmand oilalar uçun gazning 1 kilogrammi amalda 2 000 sömga tuşadi — bu avvalgi narx darajasidir.
Masalan: oila bir oyda 20 kg suyultirilgan gaz xarid qilsa, jami 100 000 söm tölaydi. Şundan 60 000 sömi kompensatsiya sifatida qaytariladi. Natijada oilaning haqiqiy xarajati 40 000 sömni taşkil etadi.
Uşbu kompensatsiya 2030-yil 1-yanvargaça amal qiladi. Oyiga 20 kilogrammdan ortiq xarid qilingan gaz uçun kompensatsiya berilmaydi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktyabrdagi 602-son qarori, 2- va 5-bandlar.
Davomi keyingi savol-javobda.
