Tashrif doirasida: Ohangaronda kichik GES ishga tushdi
2024-10-17 15:30:00 / Yangiliklar

Mazkur loyiha doirasida 2,5 MVt quvvatga ega boʻlgan yangi zamonaviy, yuqori samarador gidroagregatlar oʻrnatilib, inson omilisiz toʻliq avtomatlashtirilgan tizim joriy qilingan.
Ushbu kichik GES Angren shahrining “Jigariston” va Ohangaron tumanining “Chinor” MFY laridagi 2800 ta xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.




