Özbekiston va Qirğiziston Energetika vazirlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildilar
2026-10-28 13:10:00 / Yangiliklar

Bugun, 28-oktyabr kuni Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri Şerzod Xodjayev va Qirğiz Respublikasi Energetika vaziri Altinbek Risbekov örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Unda ikki mamlakat örtasida energetika sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi döstona va qardoşlik munosabatlari, ikki davlat rahbarlari — Şavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning siyosiy irodasi, özaro işonç va qöşma taşabbuslari tufayli barça sohalar qatori energetika yönalişidagi hamkorlik ham izçil rivojlanib bormoqda. Bu esa mintaqada energetika xavfsizligini mustahkamlaş va özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş uçun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Muloqot davomida elektr energiyasini özaro yetkazib beriş va tranzit qiliş, Markaziy Osiyo yagona energetika tizimining barqaror işlaşini ta’minlaş, şuningdek, kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş maqsadida hamkorlikdagi çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, mintaqaviy energetika infratuzilmasini rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega bölgan qöşma loyihalar, jumladan, “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar energetika sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, özaro manfaatli taşabbuslarni ilgari suriş hamda ikki davlat örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.





